Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov sessiyada iştirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlarga töxtaldi.
Viloyat rahbari şu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida işlab kelgan Abduraşid Ismoilov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganini bildirib, Alişer Qurbonoviç Qurbonov nomzodini Muzrabot tumani hokimi etib tayinlaş taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Alişer Qurbonov 1973 yilda Muzrabot tumanida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent qişloq xöjaligi institutini, 2005 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi-taşkilotçi, yurisprudensiya.
Faoliyati davomida Içki işlar organlarida turli lavozimlarda hamda xususiy sektorda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar A.Qurbonov «Amirqulbobo KAA» fermer xöjaligi rahbari bölib faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Viloyat rahbari yangi hokimga tumanda aholi turmuş farovonligini oşiriş, mavjud imkoniyatlarni işga soliş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida yangi vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Şuningdek, tuman faollari hamda mutasaddilaridan yangi hokim boşçiligida tuman rivoji uçun mehnat qilişni söradi.
Ma’lumot uçun, Abduraşid Ismoilov tumanga 2022 yil sentabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

















