Bobur Yöldoşoviç Abubakirov Toşkent şahri Şayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.

Bobur Abubakirov 1983 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan.

Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toşkent davlat şarqşunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015 yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yönalişlarida tamomlagan.

Muqaddam Valutani tartibga soliş va tölov balansi departamenti direktori lavozimida işlagan. 2019 yildan şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib ötamiz, Şayxontohur tumaniga 2022 yil sentabridan buyon hokimlik qilib kelgan Botir Zohidov joriy yil 23 sentabrida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi rahbarligiga ötkazilgandi. E’tiborli jihati, Zohidov ham öz vaqtida Şayxontohur tumani hokimligiga Markaziy bank raisi örinbosarligidan tuşgandi.