Jahon | 00:01 / 06.02.2019
9430
1 daqiqa o‘qiladi

OAV AQSh Suriyadagi qo‘shinlarini kuchaytirganini ma'lum qildi

AQSh Iroqdan Suriya shimolidagi kurd tuzilmalari tomonidan nazorat qilinuvchi hududga zirhli texnika va generatorlar ortilgan 150 taga yaqin yuk mashinasini tashlagan. Bu haqda mahalliy manbalarga iqtibos keltirgan holda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

4 yanvar kechasi yuk mashinalari Iroq-Suriya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tgan. 5 yanvarda yuk mashinalar AQSh qurolli kuchlarining Suriyaning Xarob Ishq va Sirrindagi logistik markazlariga yetib borgan.   

Taxmin qilinishicha, mashinalardagi generatorlar Suriyada AQSh harbiy bazalarini yoki hududda yangi bazalarni qurishda qo‘llanadi.

Shuningdek, AQSh hududga ko‘p maqsadli zirhli avtomobillar Humwee’ni jo‘natgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid