Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Suriyadan qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishi muddati ma'lum qilindi
AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini aprel oxirigicha to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, amerikalik harbiylar yaqin haftalarda Suriyani tark eta boshlaydilar. Bundan oldin ular IShID terrorchilik guruhini batamom tor-mor etishlari lozim. Ta'kidlanishicha, qo‘shinlarning katta qismi mart o‘rtalarigacha, to‘liq esa aprel oxirigacha olib chiqiladi.
Shuningdek, AQSh qo‘shinlarni olib chiqishdan oldin turk harbiylarining kurdlarga hujumini istisno qilish maqsadida Turkiya bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga Vashington Anqara bilan kelishuvga erishilmasa, qo‘shinlarni olib chiqishni qoldirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026