Sport | 14:07 / 08.02.2019
16404
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Neymar va Mbappega teng futbolchi topildi

Foto: Getty Images

«Lill» klubining yarimhimoyachisi Nikolya Pepe Fransiya chempionatining eng yorqin kashfiyoti bo‘lib turibdi.

Futbolchi Liga 1 doirasida 23ta o‘yin o‘tkazib, 16ta gol urgan va 11ta golga hammualliflik qilgan. «Gol+pas» tizimi bo‘yicha Pepe 27 ochko jamg‘arib, Neymardan (20 ochko) ancha o‘zib ketgan, Mbappedan esa atigi 1 ochko ortda bormoqda.

Qayd qilish joizki, Pepe Fransiya chempionati to‘purarlari bahsida 16ta gol bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam – 18ta  gol urgan Kilian Mbappe.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid