Yozning ilk kunlaridayoq muhim va shov-shuvli kelishuvlar amalga oshishi boshlandi. Hammasini oldindan hal qilib qo‘yishni istaganlar bahorda yoki hatto qishdayoq harakat boshlagandi. Yana kimlardadir esa vaqt talab etilmoqda. Ayrim yulduz futbolchilar esa shu yozda jamoasini almashtiradi, ammo ularning bo‘lajak jamoasi hozircha aniq emas.

1. Mateys de Ligt, «Ayaks»
Transfermarkt bo‘yicha bahosi – 70 mln yevro

Foto: Getty Images

«Ayaks»ning markaziy himoyachisi hali 19 yoshda bo‘lishiga qaramay xalqaro turnirlarda katta tajriba to‘plashga ulgurdi. U terma jamoada ham (Angliya darvozasiga), Chempionlar ligasining pley-off o‘yinlarida ham (chorak finalda «Yuventus»ga, yarimfinalda «Tottenhem»ga) gol urdi, «Ayaks»ga sardorlik qildi. Klub rahbariyati Mateys keyingi mavsumgacha qolmasligini tushunib turibdi. «Biz u qolishini istardik, ammo buning imkoni yo‘qligini tushunamiz. Menimcha, u Angliya yoki Ispaniya klubiga yo‘l oladi», — degan Edvin van der Sar. Bu esa amsterdamliklar bosh murabbiyi Erika ten Xaagning so‘zlari: «De Ligtni tarkibda saqlab qolish ilojsiz. Juda ko‘p jamoalar uni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Yakunda u qayerga o‘tishini bilmaymiz – «Barselona»gami, «Bavariya»gami. Ko‘rinishidan, uning o‘zi ham buni bilmaydi. Ammo klub uning ketishiga ko‘nib bo‘lgan».

2. Nikolya Pepe, «Lill»
Transfermarkt bo‘yicha bahosi – 65 mln yevro

Ivuarlik vinger Fransiya ligasida porladi va «Lill» prezidenti aprel oyidayoq uning ketishi masalasi «hal bo‘lib ulgurgan masala» ekanini aytdi. Futbolchi va klub endi takliflar orasidan eng ma'qulini tanlashi kerak. Bu esa oson emas: Pepe uchun navbatlar hosil bo‘lgan. Bahorda «Inter» uning transferi uchun 60 mln yevro yevro taklif qilayotgandi, hozir esa futbolchi uchun «MYu», «PSJ», «Bavariya» va «Liverpul» klublari raqobat qilmoqda. L'Equipe ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar futbolchi uchun 80 mln yevro to‘lashga tayyor. Buni to‘g‘ri tushunish mumkin: Liganing 35 o‘yinida 34 golda ishtirok etgan (20 gol va 14 golli pas) futbolchi uchun har qancha xarajat qilsa arziydi.

3. Xuan Mata, «Manchester Yunayted»
Transfermarkt bo‘yicha bahosi – 25 mln yevro