Jahon | 21:58 / 08.02.2019
11567
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro: Venesuela mustaqilligini yordam berish taklifi ostida yo‘q qilishmoqchi

Foto: REUTERS/Carlos Barria

Venesuela mustaqilligi va suverenitetini gumanitar yordam yetkazish taklifi ostida yo‘q qilishga urinishmoqda, dedi ushbu mamlakat prezidenti Nikolas Maduro jurnalistlarga.

"Mamlakat mustaqilligi va suverenitetini gumanitar yordam yetkazish taklifi ostida yo‘q qilishga urinishmoqda. Mamlakatimizni beqarorlashtirishga harakat qilishmoqda, ammo bu ularga muvaffaqiyat keltirmadi", - dedi u.

U shuningdek, Venesuelada muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish zaruratini ko‘rmayotganligini aytdi.

Maduro AQShning Venesuelaga bostirib kirishiga qarshi venesuelaliklar 2 millionga yaqin imzo qo‘yishganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bilan bog‘liq shov-shuvlarni ma'lum bir manfaatdor doiralar paydo qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid