Fan-texnika | 22:26 / 08.02.2019
11244
1 daqiqa o‘qiladi

Opera Android tizimidagi brauzeri uchun VPN o‘rnatdi

Opera Android tizimidagi smartfonlarga o‘zining VPN xizmatini joriy etdi. Xizmatdan hozircha beta-sinov qatnashchilari foydalanishi mumkin bo‘lib, keyinchalik u barchaga taqdim etiladi.

Foydalanuvchm VPN xizmatini brauzer sozlamalarida yoqishi mumkin — servis bepul hamda undan foydalanish uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi. Opera foydalanuvchilarning serverlar orqali o‘tadigan ma'lumotlarini yig‘maslikka va'da bermoqda.

Opera ilgari brauzerdan alohida ishlaydigan VPN-xizmatini ishga tushirgan, ushbu loyihasini 2018 yil aprelda hech qanday izohlarsiz to‘xtatgandi. Hozirda Opera o‘zining desktop versiyalariga VPN o‘rnatgan.

Mavzuga oid