Sönggi vaqtlarda Rossiyada internet çeklovlari ortib borişi bilan, VPN işlatadigan foydalanuvçilar soni oşib bormoqda.

Juma kuni tölov tizimlarining işlamay qolişi borasida hali töliq rasmiy izoh berilganiça yöq. Bu nosozlik sabab Moskva metrosi odamlarga turniketdan pul tölamay ötişga ruxsat berişga majbur böldi. Köplab joylarda mijozlar faqat naqd pulda tölov qilişiga töğri keldi.

Rossiyaning eng yirik banki Sberband “texnik nosozlik” haqida xabar berdi, lekin aniq tafsilotlarni oçiqlamadi. Ayrim rus naşrlari tölovlardagi uziliş – hukumatning ayrim saytlar yoki VPN'larni bloklaşga urinişlari ortidan kelib çiqqani haqida yozdi, lekin keyin bu xabarlarini öçirib yubordi.

“Rossiyada Telegram bloklangan edi, şunga qaramay 65 million rossiyalik VPN orqali har kuni undan foydalanyapti, kuniga 50 milliontadan ortiq xabar yuboryapti. Hukumat yillardan beri VPN'ni ham bloklaşga urinib keladi”, – deya yozdi Pavel Durov.

U bir neça yil oldin Eron ham Telegram'ni taqiqlab, xuddi Rossiyaga öxşaş natija olganini qayd etdi. “[Eron] hukumati zimdan kuzatiladigan messenjerlarni ommaviy joriy etişga umid qilgan edi, lekin uning örniga VPN'larni ommaviy joriy qilib qöydi”, – dedi Durov.

Telegram asosçisi Eron va Rossiyada VPN işlatayotgan önlab million internet foydalanuvçilarini “Raqamli Qarşilik a’zolari” deb atagan. Uning qayd etişiça, talab oşgani tufayli hozir minglab odamlar VPN'lar va proksi servislarni yaratiş ustida iş olib boryapti.

“Biz esa moslaşişda davom etamiz: Telegram'dagi traffikni aniqlaş va bloklaşni yanada qiyinroq qilamiz”, – deya yozdi Pavel Durov.

Fevral oyi oxirida Rossiya rasmiylari Telegram'ni 1 aprelgaça töliq bloklaş niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunday bölganiça yöq, lekin mart oyidayoq Rossiyadagi köplab foydalanuvçilarda uşbu messenjer VPN'siz işlamay qoldi.

Raqamlaştiriş vazirligi mamlakatda VPN'dan foydalanişni kamaytiriş vazifasi qöyilganini tasdiqlagan.