Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi korxona ishchisi Ch.H. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 3 fevral kuni soat 23:30larda 2 noma'lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda uning uyiga bostirib kirib, pul talab qilganini va tan jarohati yetkazib, 1 000 000 so‘m puli va 2 000 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi N.M. (ayol), E.J., M.T., va K.G. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026