Jahon | 18:30 / 10.02.2019
66103
3 daqiqa o‘qiladi

Gazga eng boy davlatlar. O‘zbekiston yigirmatalikda

Foto: Anadolu

Tabiiy gaz ham neft singari jahon iqtisodida va insoniyat turmushida muhim rol o‘ynovchi boylik hisoblanadi. Ammo tabiat bu ne'matni yer yuzi bo‘ylab bir xil taqsimlamagan.

Dunyoda tabiiy gazning isbotlangan zaxiralari bo‘yicha yetakchi davlatlarga oid turli xil ma'lumotlar uchraydi. Kimdir bu borada Rossiyani birinchilikka qo‘ysa, yana qaysidir tadqiqot markazining hisob-kitoblariga ko‘ra Eron bu borada mutlaq yetakchi. Shuningdek Qatar va hatto Turkmanistonni ham tabiiy gazga eng boy hisoblovchi tashkilotlar bor.

Quyida e'tiboringizga sohaga oid tadqiqotlar va qazish ishlari borasida katta tajribaga ega bo‘lgan British Petroleum transnatsional neftegaz kompaniyasi hamda Jahon energetikasining statistik tahlili (Statistical Review of World Energy) ma'lumotlari asosidagi 2018 yilda tuzilgan gazga (shu jumladan slans gaziga ham) eng boy davlatlar reytingi taqdim etiladi.

  1. Rossiya – 47,8 trln kub.metr
  2. Eron – 33,72 trln kub.metr
  3. Qatar – 24,07 trln kub.metr
  4. AQSh – 8,7 trln kub.metr
  5. Saudiya Arabistoni – 8,6 trln kub.metr
  6. Turkmaniston* – 7,5 trln kub.metr
  7. BAA – 6,1 trln kub.metr
  8. Venesuela – 5,7 trln kub.metr
  9. Nigeriya – 5,47 trln kub.metr
  10. Xitoy – 5,44 trln kub.metr

* Ayrim ma'lumotlarga qaraganda Turkmaniston 17,5–25 trln. kub.metr zaxiraga ega. Ammo bu davlatda ko‘p ma'lumotlar oshkor qilinmasligi bois raqamlar farqlanadi.

Tabiiy gazni qazib olishda esa reyting keskin o‘zgaradi.

  1. AQSh – yiliga 751 mlrd kub.m
  2. Rossiya – yiliga 642 mlrd kub.m
  3. Eron – yiliga 227 mlrd kub.m
  4. Qatar – yiliga 183 mlrd kub.m
  5. Kanada – yiliga 174 mlrd kub.m
  6. Xitoy – yiliga 137 mlrd kub.m
  7. Norvegiya – yiliga 120 mlrd kub.m
  8. Saudiya Arabistoni – yiliga 111 mlrd kub.m
  9. Jazoir – yiliga 93 mlrd kub.m
  10. Turkmaniston – yiliga 82 mlrd kub.m

Mavzuga oid: British Petroleum hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston 1,85 trln kub.metr gaz zaxirasi bilan dunyoda 19-o‘rinni egallaydi. Qazib olish hajmi bo‘yicha 2016-2017 yillarda yiliga 57-62 mlrd kub.m ko‘rsatkich bilan 14-15 o‘rinlarda

Mavzuga oid