Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat»ga yangi avtobuslar keltirildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtosaroylarga yangi avtobuslar keltirilishi davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bu harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilab borishga yordam beradi.
Xususan, 4 avtobus saroyi tasarrufidagi 84-“Erkin qo‘rg‘oni – “Obod turmush” mahallasi” yo‘nalishiga 10 ta o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 avtobuslari biriktirildi. Bundan tashqari 7 avtobus saroyi tasarrufidagi 9t–“Chilonzor, 25 daha – Toshkent vokzali” yo‘nalishiga ham xuddi shu rusumdagi 3 ta avtobus qo‘yildi.
Yangi avtobuslar 12 fevraldan yo‘nalishlarda faoliyatni boshlagan.
Mavzuga oid
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
23:31 / 18.03.2026