Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalari qisqartiriladi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalarini birlashtirish;
davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxatini keskin qayta ko‘rib chiqish;
monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;
monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub'yektlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta'minlash;
axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlari.
Bildirilishicha, qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya sub'yektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni ta'minlash imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 oktabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 noyabr.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026