Jahon | 12:01 / 14.02.2019
20836
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yo‘llarida «superasfalt» paydo bo‘ladi

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

«Rosavtodor» Rossiya yo‘llarini «superasfalt» bilan qoplash rejalari haqida ma'lumot berdi, deb xabar qilmoqda «Izvestiya».

Qayd etilishicha, «superasfalt» texnologiyasi mintaqalardagi transport harakati tezligi va iqlim sharoitini e'tiborga oladi. Bundan tashqari, bu qoplama odatdagi asfaltdan ikki barobar ko‘proq vaqt davomida xizmat qiladi.

«Keyingi ikki yil ichida «superasfalt» Rossiyadagi 1 ming km yo‘lda paydo bo‘ladi», - deyiladi materialda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, texnologiyadagi kamchilik uning yuqori narxidadir, shuning uchun u federal avtomobil yo‘llari uchun ishlatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid