Jahon | 08:13 / 14.02.2019
4566
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Makedoniyadagi avtohalokat 13 kishining hayotini olib ketdi

Foto: AFP

Shimoliy Makedoniyadagi trassada yo‘lovchi avtobusi yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilib ketishi oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Venko Filipchening ma'lum qilishicha, voqea poytaxt Skope va Tetovo shaharlari orasida yuz bergan, uning sabablari hozircha o‘rnatilmagan.

Ta'kidlanishicha, 7 kishi voqea joyida, 6 kishi esa shifoxonada jon bergan. 

Yana 30 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid