Şimoliy Makedoniya içki işlar vaziri Pançe Toşkovski Koçani şahridagi Pulse tungi klubida yuz bergan yonğin işini tergov qiliş doirasida dastlabki hibsga olişlar amalga oşirilganini ma’lum qildi. Reuters ma’lumotlariga köra, 20 ga yaqin odam qölga olingan, BBC esa ularning soni 15 kişini taşkil etişi haqida yozdi.
Qölga olinganlar orasida Pulse klubi egasining öğli, amaldorlar, klubda çiqiş qilgan DNK dueti iştirokçilaridan biri ham bor. Şuningdek, rasmiylar yonğin oqibatida jabrlangan kamida uç kişini ham hibsga oliş böyiça qaror qabul qilgan.
Şimoliy Makedoniya boş vaziri Xristian Mitskoski Iqtisodiyot vazirligi Pulse klubiga litsenziyani noqonuniy ravişda berganini ma’lum qildi. Hukumat rahbari barça aybdorlar «kim bölişidan qat’i nazar» sud qarşisida javob berişini va’da qildi.
Pulse tungi klubida 16 mart keçasi yonğin sodir böldi. DNK duetining çiqişi davomida klubda pirotexnika vositalaridan foydalanilgan, natijada şiftda yonğin çiqqan va tomoşabinlar yagona eşik orqali taşqariga çiqişga uringan. Prokuratura vakillariga köra, DNK iştirokçilarining faqat bir nafari omon qolgan va u şifoxonada.
Sönggi ma’lumotlarga köra, tungi klubda yuz bergan yonğin oqibatida 59 kişi halok bölgan, jumladan uç nafar bola ham. Şuningdek, 155 kişi jarohat olgan, ularning 20 nafardan ortiği — bolalar. Rasmiylar jarohat olganlarning 20 nafari ahvoli oğir ekanini ma’lum qilgan. Şimoliy Makedoniyada yetti kunlik milliy motam e’lon qilingan.











