Jahon | 16:30 / 15.02.2019
20268
2 daqiqa o‘qiladi

Chechenistonlik yozuvchi "Avatar" filmi rejissyori Kemeronni yana sudga berdi

Foto: Komsomolskaya pravda

Chechenistonlik yozuvchi Ruslan Zakriyev "Avatar" filmi hammuallifligiga erishish va ma'naviy zarar undirish uchun amerikalik rejissyor Jyeyms Kemeronni sudga berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Men Grozniyning Zavodskoy rayon sudiga mualliflik huquqini buzgani va 2002 yilda internetda e'lon qilingan "Maxfiy qurol" romanimdagi g‘oyadan foydalangani uchun amerikalik rejissyor Jyeyms Kemeron va 20th Century Fox International studiyasini sudga berdim", - dedi yozuvchi. Zakriyev o‘zining "Avatar" filmi hammuallifi deb tan olinishi va 10 million rubl miqdoridagi ma'naviy zarar qoplanishiga erishmoqchi.

Zakriyev 2015 yilda ham xuddi shu masala bo‘yicha o‘zi yashayotgan Stavropol sudiga bir necha bor murojaat qilgan, ammo javobgar AQShda yashashi sababli uning da'vosi rad etilgandi. Yozuvchining ta'kidlashicha, Kemeron uning 2002 yilda Proza.ru saytida e'lon qilingan "Maxfiy qurol" fantastik romanidan butun bir bobni o‘zlashtirib olgan.

Mavzuga oid