Hollivud rejissyori, «Titanik» haqidagi filmni suratga olgan va katta çuqurlikka köp bor şönğigan Jyeyms Kemeron BBC uçun intervyusida «Titan» batiskafi yöqolib qolgan dastlabki xabardan keyinoq eng yomon iş sodir bölgani haqida gumon qilganini aytdi. Rejissyor şuningdek şönğişni taşkillaştirgan OceanGate kompaniyasi «Titanik»ka ekspeditsiyalar xavfi haqida bir neça bor ogohlantirilganini ma’lum qilgan.

Rejissyor Jyeyms Kemeron «Titanik» qoldiqlarini köriş uçun 33 bor suv tubiga şönğigan

Bortida beş kişi bölgan «Titan» batiskafi yakşanba kuni tongda missiya boşlanganidan 1 soat-u 45 daqiqa ötganidan keyin ğoyib bölib qoldi. Qidiruv amaliyoti 22 iyun kuni keçgaça davom etdi, hodisaning törtinçi kuni «Titanik» halokatga uçragan nuqta yaqinida batiskaf qoldiqlari aniqlandi. Ekspertlarning hisoblaşiça, apparat suv bosimi ostida parçalanib ketgan va ekipajning barça a’zolari halok bölişgan.

Özi ham «Titanik» ostovini (qobirğasi) köriş uçun 33 bor suvga şönğigan Kemeronning aytişiça, röy bergan hodisa kartinasi unga avvalboşdan tuşunarli bölgan.

«Men nima bölganini içdan his qildim. Agar suvosti kemasi elektronikasi işlamay qolsa, şu bilan bir vaqtda uning aloqa tizimi va kuzatuv transponderi işdan çiqsa — suvosti kemasi yöqoladi», — deydi Kemeron.

Rejissyor suvosti kemalari bilan şuğullanuvçi tanişlariga qönğiroqlar qilgani va unda bir soatdan keyin nima bölgani haqida aniq tasavvur hosil bölgani haqida aytib bergan. «Ular şönğişgan, ularning maqsadi 3800 metrga tuşiş bölgan, 3500 metr çuqurlikda ular bilan aloqa yöqolgan va kuzatiş tizimi öçgan. Men darhol aytdimki, ikki tizim ham yöqolişi faqat qandaydir ulkan falokat natijasida röy berişi mumkin», — deya eslaydi Jyeyms Kemeron.

Uning sözlariga köra, birinçi kelgan fikr kapsula haddan taşqari kuçli suv bosimi tufayli paçoqlanib ketişi haqida edi.

Ayni vaqtda «Titan» halokati böyiça asosiy versiya ham şu bölib turibdi. Ekspertlar bu hodisani tasvirlaşda imploziya (içkariga qaratilgan portlaş) atamasidan foydalanişadi.