Jahon | 19:55 / 16.02.2019
12737
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko ukrainaliklarni yangi «maydon»ga chiqishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti

Kiyevda terakt uyushtirishga tayyorlanganlikda ayblanayotgan Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savchenko yakshanba kuni yangi «maydon»ga chiqishga chaqirmoqda.

«Yakshanba, 17 fevral kuni soat 14.00da Mustaqillik maydoniga. Sen Ukraina fuqarosisan, sen insonsan va munosib hayot, xavfsizlik va adolat huquqiga egasan. Chetda tursak so‘nggi narsani yo‘qotamiz», - deyiladi Savchenko fotosurati joylangan xabarda. Ushbu chaqiriq Nadejdaning singlisi Veraning sahifasida joylashtirilgan.

Ukraina bosh prokuraturasi talqiniga ko‘ra, Savchenko parlament binosi va hukumat kvartalida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. U besh yildan to umrining oxirigacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kiyevdagi bosh maydon – Mustaqillik maydoni 2013 yil 21 noyabrda Yevropa bilan birlashish tarafdorlari tomonidan egallangandi. Keyinchalik maydonda kuch tuzilmalari va muxolifatchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 100dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid