Bugunga kelib Özbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilişi uçun salohiyatli maydoş tanlaşga doir muhandislik tadqiqotlarining birinçi bosqiçi öz yakuniga yetmoqda. Kun.uz muxbiri 4 fevral kuni Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA), “Rosatom” korporatsiyasi va “Özatom” agentligi hamkorligida ötkazilgan seminarda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Bugungi kunda Özbekistonning bir neça hududida atom AES qurilişi uçun salohiyatli maydonlarni aniqlaşga doir muhandislik tadqiqotlari olib borilmoqda.

Ayni damda ikki hudud raqobatbardoş hudud sifatida körilmoqda:
- Aydar-Arnasoy köllar tizimidagi Tuzkon köli atrofidagi hududlar (uç hudud);
- Buxoro va Navoiy viloyatlari kesişmasida joylaşgan Tödaköl suv havzasi atrofidagi hududlar (ikki hudud).
Aydar-Arnasoy köllar tizimidagi Tuzkon köli atrofining özida uç raqobatbardoş hudud tadqiq qilinmoqda. Ulardan ikkitasi qirğoq zonasidan taxminan 4-5 km masofada, uçinçisi esa 15 km masofada joylaşgan.
“XAEA normalari va tavsiyalari hamda yadroviy texnologiyalarni taqdim etuvçi mamlakatning normativ bazasiga muvofiq, AES qurilişi uçun asosiy taqiqlovçi omillar - katta yoriqlar mavjudligi, yuqori seysmik faollik (ya'ni 9 balldan oşişi mumkin bölgan xavf hududi), atrof-muhit bilan boğliq omillar hamda AES quriliş jarayonini murakkablaştirişga olib keluvçi öndan ortiq omil. Bu omillarga köra, barça raqobatbardoş maydonlar AES qurilişi imkoni sifatida körib çiqilmoqda”, - deydi “Özatom” agentligi rahbari örinbosari Bahrom Mansurov.

2019 yilning birinçi çoragi oxirida muhandislik tadqiqotlarining birinçi bosqiçi tugallanadi. Keyingi bosqiç yana bir yil davom etadi.
“AES qurilişi uçun maydon tanlaş uzoq davom etuvçi köp bosqiçli işdir. Tadqiqotlar quyidagiça ajratildi: muhandislik-geofizik, muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik va muhandislik-ekologik tadqiqotlari. Şuningdek AES joylaşuvi uçun texnogen şaroitlar böyiça tadqiqotlar olib borilmoqda”, - deydi Mansurov.
Seminarda ma'lum qilinişiça, Tödaköl atrofida olib borilgan muhandislik tadqiqotlari davomida qator muammolar aniqlangan.












