O‘zbekiston | 13:06 / 18.02.2019
25172
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Sultonovga yangi vazifa yuklandi. U bosh vazirning maslahatchisi bo‘ldi

Foto: Xalqaro press-klub

Hukumat qarori bilan Alisher Saidabbosovich Sultonovga yangi vazifa yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u bosh vazirning Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini ham bajaradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, A.S. Sultonov ayni vaqtda energetika vaziri lavozimda faoliyat yuritmoqda. 

Undan avval u bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari, shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi sifatida ishlagan.

Mavzuga oid