Neft-gaz sohasida kadrlar almaşinuvi: Sanginov va Siddiqovdan farqli ravişda, Sultonovga zarbof tön kiydirilmadi. Şov-şuvli jinoyatga şov-şuvli hukm: zöravonni qöllagan sudyalar ustidan tekşiruv boşlandi. Tibbiyotda elektron retsept talabi: yangi tizimga sekin-asta ötiladi. Eng bilimli yoşlar taqdirlandi: ular orasida 1 mlrd söm olganlar ham bor.

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida

Neft-gaz sohasi: iste’fo va tayinlovlar

Özbekistonda yillardan beri davom etayotgan gaz inqirozi rasman tan olindi va soha rahbarlari almaştirildi. Xususan, özbek energetikasining uzoq yillik rahbari Alişer Sultonov lavozimini tark etdi. Buning ortidan respublikadagi eng yirik gaz qazib çiqaruvçi kompaniya bölmiş “Özbekneftgaz”ga ham yangi rais tayinlandi.

Prezident matbuot xizmatining seşanba kungi xabariga köra, Alişer Sultonov davlat rahbarining energetik xavfsizlik masalalari böyiça vakili lavozimidan ozod etilgan. Xabarda buning sababiga aniqlik kiritilmagan. Taxmin qiliş mumkinki, Sultonov – iyun oyida Prezident administratsiyasi rahbariyatida bölgan özgarişlardan keyin, kursisi qimirlab qolgan amaldorlardan biri edi: u iyul oyida prezident maslahatçisi lavozimidan prezident vakili mansabiga tuşirilgandi.

Özbekiston energetikasi asosan tabiiy gaz ustiga qurilgan. Alişer Sultonov – aynan neft-gaz sohasining eng katta rahbarlaridan biri edi. U oxirgi 10 yilda “Özbekneftgaz” raisi, boş vazir örinbosari, energetika vaziri va prezident maslahatçisi kabi lavozimlarda işlab, energetika siyosatini belgilaşda muhim örinni egallab kelayotgandi. Uning ortidan “Özbekneftgaz”da ham rahbar almaşgani, şu bilan birga