Alişer Saidabbosoviç Sultonov Özbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik böyiça vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Alişer Sultonov 2023 yilda (aniq sanasi noma’lum) Özbekiston prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan, lekin bu tayinlov haqida rasman xabar berilmagan edi.
U 2025 yil iyul oyida prezident maslahatçisi lavozimidan ozod etilib, davlat rahbarining energetik xavfsizlik böyiça vakili lavozimiga tuşirilgan edi.
Ma’lumot uçun, 58 yoşli Sultonov faoliyati davomida energetika sohasida muhim lavozimlarda işlagan.
2013−2015 yillarda “Özbekneftgaz” raisi örinbosari, 2015-2018 yillarda “Özbekneftgaz” raisi bölgan. 2017 yilda boş vazir örinbosari — geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan.
2019 yil boşida Energetika vazirligi taşkil etilganida, Alişer Sultonov vazirlikning ilk rahbari etib tayinlangan edi. U vazir lavozimida 3 yil işlagaç, 2022 yil aprelida “salomatligi tufayli” lavozimidan ozod etilgan, keyinroq prezident maslahatçisi bölib işlayotgani oydinlaşgan edi.

















