Özbekiston energetika sektorining uzoq yillik rahbari Alişer Sultonov lavozimidan ozod etildi. 58 yoşli sobiq amaldorning nima uçun işdan böşatilgani va uning örnini kim egallaşi hozirça ma’lum emas. Kun.uz oxirgi 10 yillikda energetika sohasidagi eng muhim lavozimlarda işlagan siyosatçining faoliyatiga nazar taşlaydi.
Alişer Sultonov kim?
Alişer Saidabbosoviç Sultonov 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1989 yilda Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatiga e’tibor qaratsak, energetika tizimining aksariyat tarmoqlarida işlaganini köriş mumkin.
Xususan, Sultonov 1996−1998 yillarda “Özneftqaytaişlaş” kompaniyasida boş mutaxassis lavozimida işlagan. 1998−1999 yillarda Şörtan gaz-kimyo majmuasi qurilişida boş mutaxassis, 1999−2002 yillarda “Özbekneftgaz” kompaniyasi Şörtan qurilişi boşqarmasida boşliq bölgan. 2002−2013 yillarda Şörtan gaz-kimyo majmuasiga rahbarlik qilgan. Öşa yillari Ğuzorning “Şörtan” futbol klubi öz tarixidagi eng yaxşi natijalarni qayd etgan.
Alişer Sultonov 2013−2015 yillarda “Özbekneftgaz” raisi örinbosari, 2015 yil avgustidan 2018 yil sentabriga qadar kompaniya raisi edi. U 2017 yil noyabrida boş vazir örinbosari – geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan.
2019 yil fevralida energetika sohasida yagona davlat siyosatini yurituvçi organ – Energetika vazirligi taşkil etilib, “Özbekenergo”, “Özbekneftgaz” va “Özbekgidroenergo”ning davlat vakolatlari mazkur vazirlikka ötkazilgan edi. Öşanda Alişer Sultonov yangi vazirlikning birinçi rahbari etib tayinlandi va 3 yil davomida – 2022 yilning aprel oyigaça mazkur lavozimda işlaydi. Uning vazirlikdan ketişi “soğliğidagi muammolar” bilan izohlangan edi.
2023 yilda Sultonov Özbekiston prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari böyiça maslahatçisi bölib işlayotgani ma’lum böldi, lekin yangi tayinlov haqida rasmiy xabar e’lon qilinmadi.






