Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik zobitlar Chelyabinskda harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda
Chebarkul garnizonidagi tank diviziyasi bazasida harbiy stajirovkadan o‘tish uchun Chelyabinskka O‘zbekistondan 27 nafar zobit yetib keldi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugining matbuot xizmati xabar bergan.
Amaliyot davomida zobitlar tanklar birlashmalari harbiy xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishadilar, qo‘shinlar harakatining yangi usullarini o‘rganadilar, jumladan, uchuvchisiz uchar qurilmalar hamda diversion-razvedka guruhlari bilan kurashish bo‘yicha tajriba orttiradilar.
Amaliyot yakunida, 28 fevral kuni poligonda armiya aviatsiyasi bilan birgalikda tank bo‘linmalarining ikki tomonlama taktik mashqlari bo‘lib o‘tadi, unda o‘zbekistonlik zobitlar bo‘linmalarni boshqarishda ishtirok etadi, deya xabar berishgan matbuot xizmatidan.
Mavzuga oid
07:33 / 08.04.2026
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar
10:21 / 29.03.2026
Eronda armiyaga chaqiruv yoshi 12 yoshdan etib belgilandi - OAV
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
22:21 / 01.02.2026