Light | 00:46 / 18.02.2019
93561
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar och qoringa iste'mol qilib bo‘lmaydigan 5 mahsulotni ma'lum qilishdi

Foto: pixabay

Shifokorlar ertalab nonushtaga sitruslarni tanovul qilmaslikni tavsiya qilishmoqda, chunki ular oshqozonning kislotalik miqdorini oshiradi. Mutaxassislar nordon-shirin mevalarni kunduzi, tushlikdan 2 soat oldin yoki keyin iste'mol qilishni tavsiya qilishadi.

Pomidorlarni ham och qoringa yeyish nomaqbul ekan, chunki ularda tanin kislotasi mavjud bo‘lib, u kislota miqdoriga ta'sir qiladi va oshqozon-ichak yo‘lida muammolar keltirib chiqaradi.

Shuningdek, barra yashil sabzavotlarda erimaydigan to‘qimalar mavjud bo‘lib, ular och qoringa yeyilganda organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Yogurt bo‘sh qoringa tushganda xlor-vodorod kislotasining hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu kislota barcha foydali mikroorganizmlarni o‘ldiradi, kislotalikni oshiradi va oshqozonda og‘riq paydo qiladi.

Shifokorlar, shuningdek, ertalab och qoringa qora choy yoki qahva qabul qilmaslikni tavsiya qilishgan, chunki bu mahsulotlarda kofein moddasi mavjud bo‘lib, u jig‘ildon qaynashi va oshqozon buzilishiga olib keladi. Shu sababli ertalab bu ichimliklar o‘rniga bir stakan sovuq suv yoki giyohli choylar ichgan maqbul hisoblanadi.

Mavzuga oid