Xitoylik olimlar ertalab soat töqqizdan keyin nonuşta qiladigan odamlarda depressiya alomatlari 28 foizga köproq uçraşini aniqladi. Tadqiqot natijalari The Journal of Affective Disorders jurnalida çop etildi.

Sian universiteti Birinçi klinik şifoxonasi tadqiqotçilari 11 yil mobaynida 24 mingga yaqin katta yoşli odamlarning ovqatlaniş ratsionini örganib, ularning soğliğidagi özgarişlarni kuzatgan. Olimlar sinov iştirokçilari ertalab muntazam nonuşta qiliş-qilmasliklarini, şuningdek, kunning qaysi paytida birinçi marta ovqatlanişini qayd etib borgan.

Tadqiqotlar körsatişiça, ertalab soat töqqizdan keyin nonuşta qiladigan erkaklar va ayollarda kayfiyat yomonlaşuvi va ruhiy salomatlik muammolari, soat 08:00 gaça nonuştani tugatadigan kişilarga nisbatan deyarli uçdan bir qismga köproq kuzatilgan. Şuningdek, nonuştadan butunlay voz keçiş ham xuddi şunday salbiy natija körsatişi aniqlandi.

Nonuştani keçiktiriş yoki umuman qilmaslik uyqu muammolariga, jismoniy faollikning pasayişiga yoki hayotiy iştiyoqning susayişiga sabab bölişi mumkin, deb ta’kidlamoqda olimlar.

Avvalroq rossiyalik endokrinolog va diyetolog Oksana Mixaleva nonuşta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan edi.