Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andrey Arshavinning rafiqasi uning ustidan FXXga arz qildi
Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti
Rossiyalik futbolchi Andrey Arshavinning rafiqasi Alisa Arshavina uning ustidan Federal xavfsizlik xizmatiga shikoyat arizasi yozdi. Ushbu arizaning suratini Super.ru portali e'lon qilgan.
Alisa Arshavinaning ta'kidlashicha, u futbolchining manfaati yo‘lida harakat qiluvchi noma'lum kishilar tomonidan tahdidlarga uchramoqda. Bundan tashqari, Arshavinaning aytishicha, u sobiq eri bilan Sankt-Peterburgdagi restoranda uchrashgan. Futbolchi Alisaga noma'lum kishilar bilan birga bo‘lgan. Ulardan biri Alisaning qo‘riqchisiga FXX xodimi guvohnomasini ko‘rsatgan.
Ayolning ta'kidlashicha, futbolchi uning uyiga narsalarini olib ketgani “banditlar”ga o‘xshash odamlar hamrohligida kelgan.
12 fevralda futbolchining rafiqasi uning ustidan Sankt-Peterburg politsiyasiga ariza yozgani ma'lum qilingandi. Alisaning ta'kidlashicha, Arshavin unga “sms-xabarlar orqali tahdid qilgan, qamoqqa tiqish, unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitgan”.
Arshavin rafiqasi bilan ajrashish haqida ariza topshirgan. Juftlik 2016 yilda turmush qurgan, ularning bir qiz farzandi bor.
Bungacha futbolchi 9 yil teleboshlovchi Yuliya Baranovskaya bilan nikohni qayd qilmagan holda yashagan. Futbolchining bu turmushidan 3 farzandi bor.
Mavzuga oid
19:07 / 30.06.2025
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi
21:54 / 27.02.2025
Putin FXXga rossiyaliklar orasida josuslarni faolroq qidirishni buyurdi
20:44 / 04.02.2025