Jahon | 00:38 / 19.02.2019
11436
1 daqiqa o‘qiladi

Eron hukumati Rossiyadan 5 mlrd dollarlik kredit oldi 

Foto: Vestnik Kavkaza

Eronning bir palatali parlamenti – Majlis mamlakat hukumatiga Rossiyadan 5 mlrd dollarlik kredit olishga ruxsat berdi. Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, eronlik parlamentchilar keyingi yil uchun (21 martdan boshlanadi) budjet loyihasini muhokama qilish vaqtida bu masala bo‘yicha kelishuvga erishishgan. 

Ta'kidlanishicha, mablag‘lar infratuzilma va ishlab chiqarish sohasidagi kapital aktivlarni xarid qilish uchun yo‘naltiriladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid