Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda Yevropadagi yagona zavodini yopadigan bo‘ldi
Honda yapon avtomobilsozlik kompaniyasi global ishlab chiqarish tarmog‘ini qayta tashkillashtirish doirasida Yevropadagi yagona zavodini yopadigan bo‘ldi. Angliyaning Suindonida joylashgan, yiliga 150 ming avtomobil yig‘iluvchi zavod 2021 yilda o‘z ishini to‘xtatadi. Kompaniya 3500 xodimni qisqartirishiga to‘g‘ri keladi.

Honda rahbariyatining ma'lum qilishicha, ushbu qaror “avtomobil sanoatidagi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar” ta'siri va elektr modellarni ishlab chiqarishga o‘tilishi sababli qabul qilingan. Shu munosabat bilan kompaniya o‘z faoliyatini yuqori talab kutilayotgan hududlarda mujassamlashtirishni rejalashtirmoqda. Zavodning yopilishi, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu jarayon Birlashgan Qirollikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bojlarning oshishiga olib keladi.

Honda, shuningdek, Turkiyadagi zavodini ham yopmoqchi. Bu yerda Civic modeli ishlab chiqariladi. Ushbu korxona ham 2021 yilda o‘z ishini to‘xtatadi.
Honda Ikkinchi jahon urushi vaqtida samolyotlar yig‘ilgan Suindondagi ishlab chiqarish majmuasini 1985 yilda sotib olgan. Bu yerda 4 yildan keyin dvigatellar, 1992 yildan esa “Akkord” modeli ishlab chiqarila boshlangan. 2000-yillar boshidan Suindonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Yaponiyaga eksport qilina boshlangan. Angliyada Honda shuningdek Jazz va CR-V modellarini ishlab chiqargan.

Mavzuga oid
08:17
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026