Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 15 yil avvalgi sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi
Indoneziyada 15 yil avval, 2004 yil Janubi-Sharqiy Osiyoga yopirilgan ulkan sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ommaviy qabr Sumatra orolining shimolidagi Achex viloyatida shifoxonalar qurish rejalashtirilayotgan maydon ko‘zdan kechirilayotganda topilgan. Taxminlarga ko‘ra, qabrda yuzlab odamlar ko‘milgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy aholining aytishicha, bu hududda bunday qabrlardan yuzlab bor. Ulardan ko‘pchiligi hech qanday belgilanmagan, chunki tabiiy ofat qurbonlari kasallik tarqalmasligi uchun shoshilinchda ko‘milgan.
2004 yil 26 dekabrda Janubi-Sharqiy Osiyoda 9-9,3 magnitudali zilzila yuz bergan. Ushbu zilzila seysmografik kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdan beri kuchliligi bo‘yicha 3-raqamlisi hisoblanadi. Oqibatda Hind okeanida ulkan to‘lqin hosil bo‘lib, 14 davlat, jumladan, Indoneziya, Hindiston va Tailand sohilbo‘yiga yopirilgan. Tabiiy ofat oqibatida 230 mingdan ko‘proq odam, jumladan 167 mingdan ko‘proq indoneziyalik halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:02 / 11.04.2026
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026