Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: “Jabhat an-Nusra” yetakchisi og‘ir jarohat olgan
Foto: REUTERS / Rodi Said
“Hay’at Tahrir ash-Shom” (avvalgi nomi “Jabhat an-Nusra”) terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Jo‘laniy (haqiqiy ismi Muhammad Husayn ash-Shar’a) boshidan jarohat oldi, deb xabar berdi Turkiyadagi tibbiy manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, Suriyaning Idlib shahrida portlash oqibatida og‘ir bosh jarohati olgan terrorchi 18 fevralda Turkiyaning Xatay viloyatidagi Antakya shahri davlat shifoxonasiga yetkazilgan.
“Shifoxonaga yetkazilgan odam portlashdan yaralangan, bu uning miyasi chayqalishiga olib kelgan. Uning boshi operatsiya qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan manba. Uning ta’kidlashicha, ushbu odam terrorchi Abu Muhammad al-Jo‘laniy hisoblanadi. Terrorchi intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan, uni ahvoli og‘ir bo‘lib, koma holatida ekanligi ma’lum qilingan.
Avvalroq Suriyaning al-Watan nashri Damashq jinoyat sudi “Hay’at Tahrir ash-Shom”, “Faylaq ar-Rahmon”, “Jaysh al-Islom" terrorchilik guruhlarining yetakchilarini sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilganini ma’lum qilgan. O‘lim jazosiga hukm qilinganlar orasida al-Jo‘laniy ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
21:02 / 19.11.2025
Erdo‘g‘an Turkiya o‘zga hududlarga «hasad qilmasligini» aytdi
16:24 / 18.11.2025
2022 yildan beri O‘zbekistonda yollanish moddasi bilan 338 ta jinoyat ishi ochildi
18:41 / 15.11.2025