O‘zbekiston | 14:29 / 21.02.2019
24069
1 daqiqa o‘qiladi

22 fevraldan O‘zbekistonda havo iliqlashadi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda 22 fevral kunidan havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 22-25 fevral kunlari kunduzi harorat 7-12 daraja, 23-25 fevral kunlari harorat 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida 23-25 fevral kunlari havo harorati 15 daraja iliqni tashkil etadi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida bulutli, 23-25 fevral kunlari kunduzi havo harorati 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid