Sport | 08:19 / 21.02.2019
15095
3 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedov Jorj Sen-Perni jangga chaqirdi

Aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi, Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov kanadalik sportchi Jorj Sent-Perni jangga chaqirdi.

Nurmagomedov o‘zining rasmiy instagramida Sent-Perga faoliyatini tugatishni kechiktirish va u bilan noyabr oyida jang o‘tkazishni taklif qildi. Ta'kidlash lozimki, rossiyalik Nevada shtati Atletik komissiyasining qaroriga binoan undan oldingi muddatda janglar o‘tkaza olmaydi.

2018 yil oktabr oyida irlandiyalik Konor Makgregor bilan bahsdan keyingi mushtlashuv tufayli jangchi chetlashtirilgan.

«Kelinglar, buni noyabr oyida qilamiz. Ushbu jangdan so‘ng, sen faoliyatingni yakunlashing mumkin. Men janglaringni ko‘rib katta bo‘lganman va seni hurmat qilaman. Ishonchim komilki, Moskvada bo‘lgan vaqtingda buni ko‘rsatib berdim. Ammo barcha davrlarning eng buyuk jangchilaridan biri bo‘lgan sen bilan oktagonga chiqish men uchun katta sharaf bo‘lardi. Sen vaznni - 155 yoki 160 funt, va joyni tanlashing mumkin - Montreal, Nyu-York, Moskva yoki Abu-Dabi», - deya yozgan Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov Nurmagomedovning otasiga Mercedes sovg‘a qilgandi.

 

Mavzuga oid