Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassdagi falokat va Rossiya tanklari soni haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning BMT Bosh assambleyasidagi munozaralar vaqtida ma'lum qilishicha, otishmalar tufayli zarar yetishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavfli obektlar Donbassdagi tutash chiziqda joylashgan. Prezidentning so‘zlari UNIAN tomonidan keltirildi.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, Donbassdagi tutash chiziqda «bir qator ehtimoliy xavfli obektlar mavjud». Biroq, u gap aynan qanday obektlar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.
«Muntazam otishmalar tufayli ushbu obektlar ekologik va texnogen falokat markaziga aylanishi mumkin», - deya qayd etib o‘tdi Poroshenko.
Shuningdek, Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Donbassda «Rossiyaning qurollangan tuzilmalari» 496ta tankka ega.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sondagi tanklar Germaniya, Fransiya, Ispaniya yoki Italiyadagi xuddi shunday jangovar mashinalar miqdoridan ko‘pdir. Poroshenkoning ta'kidlashicha, Ukraina bu kuchlarni ushlab turibdi va shuning uchun «ozodlik hamda demokratiya»ni himoya qilayotgan, «NATOning haqiqiy sharqiy qanoti» hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiyani SSSRning «ikkinchi versiyasi»ni yaratishga urinishda ayblagandi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026