Sport | 09:42 / 21.02.2019
5397
1 daqiqa o‘qiladi

TsSKA Kontinental xokkey ligasi chempioniga aylandi

Foto: RIA Novosti

Moskvaning TsSKA xokkey klubi Kontinental xokkey ligasi chempionati doirasida Yaroslavlning “Lokomotiv” klubini bullitlar bo‘yicha 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2018/2019 yillardagi mavsumning muddatdan avval chempioniga aylandi.

“Lokomotiv” tarkibida Brendon Kozun 1-daqiqada, TsSKA tarkibida Anton Slepishev 60-daqiqada o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishgan. Bu g‘alaba armiyachilarning qatorasiga 9-g‘alabasi bo‘ldi.

Ayni vaqtda TsSKA hisobida 61 ta o‘yindan keyin 104 ochko bor. Uning ortidan kelayotgan Sankt-Peterburgning SKA klubi 101 ochkoga ega. Shu tariqa, Moskva klubi muntazam chempionat tugashiga bitta o‘yin qolganda o‘ziga oltin medalni ta'minlab qo‘ydi.  

Chempionatning so‘nggi turida TsSKA Riganing “Dinamo”si bilan uchrashadi.

Mavzuga oid