Moskvaning TsSKA xokkey klubi Kontinental xokkey ligasi çempionati doirasida Yaroslavlning “Lokomotiv” klubini bullitlar böyiça 2:1 hisobida mağlub etib, 2018/2019 yillardagi mavsumning muddatdan avval çempioniga aylandi.
“Lokomotiv” tarkibida Brendon Kozun 1-daqiqada, TsSKA tarkibida Anton Slepişev 60-daqiqada öz hisoblariga gol yozib qöyişgan. Bu ğalaba armiyaçilarning qatorasiga 9-ğalabasi böldi.
Ayni vaqtda TsSKA hisobida 61 ta öyindan keyin 104 oçko bor. Uning ortidan kelayotgan Sankt-Peterburgning SKA klubi 101 oçkoga ega. Şu tariqa, Moskva klubi muntazam çempionat tugaşiga bitta öyin qolganda öziga oltin medalni ta'minlab qöydi.
Çempionatning sönggi turida TsSKA Riganing “Dinamo”si bilan uçraşadi.












