Jahon | 17:13 / 22.02.2019
9731
1 daqiqa o‘qiladi

Julian Assanj yangi pasport oldi

Foto: EPA

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Avstraliyaning yangi pasportini oldi. Bu haqda The Sydney Morning Herald yozmoqda.

Qayd etilishicha, bundan oldin uning vaziyati bo‘yicha muhokama uzoq vaqt davom etgan.

Aniqlik kiritilishicha, Assanjning yangi hujjat taqdim etish bo‘yicha arizasi 2018 yilda ma'qullangan, bu ma'lumotni Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan. Biroq, u pasport olgani haqidagi ma'lumot hozirgi vaqtga qadar yo‘q edi.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, bu hodisa Ekvador hukumatining ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi talabi fonida Assanj uchun juda muhim sanaladi.

Avvalroq, Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj rasmiylarga o‘zini topshirishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid