Jahon | 22:22 / 22.02.2019
11225
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston o‘z pullarida ruscha yozuvlardan voz kechadi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston hukumati milliy valuta – tanganing dizayniga o‘zgartirish kiritdi. Endi tanga va qog‘oz tangalarda rus tilidagi yozuv bo‘lmaydi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tegishli farmoni “Adilet” axborot-huquqiy tizimi saytida e'lon qilingan.  

“Banknota va tangalar dizaynida qo‘llanadigan yozuvlar matni davlat tilida rasmiylashtiriladi. Investitsion va kolleksion tangalar dizaynida xorijiy tillardagi yozuvlarga ruxsat beriladi”, deyilgan hujjatda.

Eski qoidalarga ko‘ra, kupyura va tangalar bezagida qozoq tili barobarida rus tilining ishlatilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Qozog‘istonda rus tili rasmiy til maqomiga ega. U davlat tili hisoblanmaydi va konstitutsiyaga ko‘ra davlat tashkilotlarida qo‘llanishi mumkin. Mamlakat hukumati aholining qozoq tilidan tashqari, rus va ingliz tilini o‘rganishga undash maqsadida “uch tillik” siyosatini yurgazadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid