Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulkan jinsi shim Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Cencosud xalqaro kompaniyasiga tegishli, Chilining Paris univermaglari tarmog‘i dunyoda eng katta jinsi shimni yaratgani uchun Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.
Tarmoq shimni Kansas brendi bilan hamkorlikda yaratib, uni Perudagi San-Xuan-de-Miraflores shahrida joylashgan Mall del Sur do‘konida taqdim qildi.
50 kishidan iborat jamoa 22 qavatlik uydek keladigan shimni tikishga yarim yil sarfladi. Natija esa shunga yarasha hayratlanarli: shimning uzunligi 65,5 metrni, eni 42,6 metrni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, shim savdo markazida hafta oxirigacha namoyish qilinadi, so‘ngra undan ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan o‘n mingta sumka tikiladi. Bu sumkalar Paris tarmog‘i do‘konlarida plastik paketlardan foydalanishga qarshi aksiya doirasida sotiladi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026