Yevropa Ligasi qur'asi: «Arsenal» va «Chelsi»ning keyingi bosqichdagi raqiblari ma'lum
Bugun, 22 fevral kuni UYeFAning Non shahrida (Shveytsariya) joylashgan bosh qarorgohida Yevropa Ligasining nimchorak finaliga qur'a tashlandi.
Qur'a oldidan barcha jamoalar bir savatchaga joylandi, bir assotsiatsiya vakili bo‘lgan ikki jamoa o‘zaro duch kelishi istisno qilinmagandi. Faqatgina UYeFA ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rossiya va Ukraina jamoalari bir juftlik hosil qilmasligi ta'minlangandi.
Unga ko‘ra, bu bosqichda quyidagi juftliklar hosil bo‘ldi:
«Chelsi» (Angliya) – «Dinamo» (Kiyev, Ukraina)
«Ayntraxt» (Germaniya) – «Inter» (Italiya)
«Dinamo» (Zagreb, Xorvatiya) – «Benfika» (Portugaliya)
«Napoli» (Italiya) – «Red Bull Zalsburg» (Avstriya)
«Valensiya» (Ispaniya) – «Krasnodar» (Rossiya)
«Sevilya» (Ispaniya) – «Slaviya» (Chexiya)
«Arsenal» (Angliya) – «Renn» (Fransiya)
«Zenit» (Rossiya) – «Vilyarreal» (Ispaniya)
Turnirning 1/8 final o‘yinlari 7 va 14 mart kunlariga belgilangan. Qur'a vaqtida birinchi tanlangan jamoalar birinchi o‘yinni o‘z uylarida o‘tkazishadi.
15 mart kuni chorak va yarim final uchun qur'a tashlanadi.
Yevropa Ligasi finali 29 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahridagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024