«2000 foiz!» - «PSJ» xo‘jayini Mbappe va Neymarning kelajagiga oydinlik kiritdi
«Pari Sen-Jyermen» klubi prezidenti Nosir Al-Xilayfiy hujumchilar Kilian Mbappe va Neymarning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Mbappe va Neymarning klubda qolishiga 100 foiz aminmanmi? 100 foiz emas, 2000 foiz aminman. Ular Parijda qoladi.
Matbuotda ularni sotib yuborishga majbur ekanligimiz haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo buni inkor qilaman, Kilian va Neymar hech qayerga ketmaydi.
Albatta biz moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasdan yangi futbolchilarga pul sarflashimiz lozim. Ammo biz bunda qiyinchilik ko‘rmayapmiz. Yangi futbolchilar uchun zaxira mablag‘larimiz yetarli», - dedi Al-Xilayfiy.
Avvalroq, Neymarning «Real»ga o‘tishi yoki «Barselona»ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
10:24 / 30.08.2024
«Real» mavsum startida ikkinchi bor ochko yo‘qotdi
17:09 / 16.07.2024
Foto: «Real» Mbappening taqdimotini o‘tkazdi
08:27 / 06.07.2024