Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Javohir Siddiqov qatnashgan «Paxtakor» mashg‘ulotlaridan fotogalereya
Foto: Ma'ruf Asqarov / Tribuna.uz
Bugun 22 fevral kuni «Paxtakor» jamoasi JAR stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. Shota Arveladze «An Nasr» mag‘lub etilgan o‘yindan so‘ng jamoa tez orada yangi transferni e'lon qilishini va bu futbolchi legioner emasligini aytgandi.
Futbol muxlislari bu futbolchi Javohir Siddiqov ekanini taxmin qilishgandi. Tribuna.uz muxbirlari mish-mishlarga aniqlik kiritish maqsadida «Paxtakor» mashg‘ulotlarini kuzatdi. Javohir Siddiqov «Paxtakor»ning bugungi mashg‘ulotida qatnashdi va demak uning sobiq klubiga qaytayotgani rost.
Javohirga xorij klublari va o‘zimizning «Lokomotiv»dan ham taklif bo‘lgani aytilgandi, biroq Osiyo Kubogida yorqin o‘yin ko‘rsatgan yarimhimoyachimiz futbolimiz bayroqdori «Paxtakor»ni tanladi.
«Paxtakor» futbolchilari mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishganini ta'kidlash kerak. Javohir Siddiqov ham mashg‘ulotlarda faol qatnashdi. Darvozabon Eldor Suyunov va himoyachi Akrom Komilov alohida shug‘ullanishdi.
Tribuna.uz mashg‘ulotlar davomida kamera obektiviga tushgan ba'zi rasmlarni havola qildi:







































Mavzuga oid
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
12:19 / 30.10.2025
«Paxtakor» va «Buxoro» o‘yinidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan izoh berildi
20:52 / 29.10.2025
«Paxtakor» mojaroli finalda O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
19:09 / 22.10.2025