Sport | 16:40 / 24.02.2019
12778
2 daqiqa o‘qiladi

APLda yana bir bosh murabbiy iste'foga chiqarildi

«Lester Siti» bosh murabbiyi Klod Pyuel lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan. 

57 yoshli fransuz mutaxassisi Premer-liganing 27-turida «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan va 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin iste'foga chiqarilgan. U bilan birga jamoani Jyek Bonnevey ham tark etgan.

Endilikda jamoani yangi bosh murabbiy tayinlangunicha yordamchi murabbiylar Mayk Stouell va Adam Sedler vaqtinchalikka boshqarib turishadi.

Pyuel «Lester Siti»ni 2017 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelayotgandi. U turli yillarda «Monako», «Lion», «Nitssa», «Sauthempton» va boshqa klublarda ham ishlagan.

«Kristal Pelas» safardagi g‘alaba evaziga ochkolari sonini 30taga yetkazdi va turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Lester Siti» 32 ochkosi bilan 12-o‘rinda qoldi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 27 o‘yinda 65 ochko jamg‘argan «Manchester Siti» boshqarmoqda.

Mavzuga oid