«Lester Siti» boş murabbiyi Klod Pyuel lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.
57 yoşli fransuz mutaxassisi Premer-liganing 27-turida «Kristal Pelas»ga qarşi keçgan va 1:4 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin iste'foga çiqarilgan. U bilan birga jamoani Jyek Bonnevey ham tark etgan.
Endilikda jamoani yangi boş murabbiy tayinlanguniça yordamçi murabbiylar Mayk Stouell va Adam Sedler vaqtinçalikka boşqarib turişadi.
Pyuel «Lester Siti»ni 2017 yilning oktyabridan buyon boşqarib kelayotgandi. U turli yillarda «Monako», «Lion», «Nitssa», «Sauthempton» va boşqa klublarda ham işlagan.
«Kristal Pelas» safardagi ğalaba evaziga oçkolari sonini 30taga yetkazdi va turnir jadvalida 13-öringa kötarildi. «Lester Siti» 32 oçkosi bilan 12-örinda qoldi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 27 öyinda 65 oçko jamğargan «Mançester Siti» boşqarmoqda.












