Jahon | 15:44 / 24.02.2019
6211
2 daqiqa o‘qiladi

Makron "sariq nimchalilar"ning jahlini chiqarmaslik uchun kurortga bormaydi

Foto: EPA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tog‘ chang‘i sporti ishqibozi hisoblanadi, ammo bu yil u o‘zining sevimli sportidan vaqtincha voz kechishiga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda Le Parisien gazetasi. 

Odatda Makron turmush o‘rtog‘i bilan bolaligi o‘tgan La Monji kurortiga boradi. Ammo u bu yil "sariq nimchalilar" — norozilik namoyishlari qatnashchilarining jahlini chiqarmaslik uchun tog‘ kurortlariga bormaydi.

La Monji arzon kurort bo‘lib, u yerda boylar va mashhurlarni uchratish qiyin. Lekin Makron arzon kurortga ham borishdan voz kechdi. Buning sababi esa aholiga mana shunday kamtarona dam olishga ham barchaning qurbi yetmasligini eslatishdan qochishdir. Statistikaga ko‘ra, fransuzlarning 8 foizigina bir yilda ikki marta tog‘-chang‘i kurortlariga boradi, uchdan ikki qismi esa qishki ta'tilda hech qayerga bormaydi.

Umuman olganda, fransuz yetakchilarining tog‘li kurortlarda dam olishi davlat budjetiga qimmatga tushadi. Masalan, mamlakatning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon uchun chang‘ichi politsiyachilardan iborat maxsus guruh tuzishga to‘g‘ri kelgan. Uning har bir sayohati g‘aznaga taxminan 10 ming yevroga tushgan.

Mavzuga oid