Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikistonga 9 mln dollarlik harbiy texnikani bepul taqdim qildi
Foto: RIA Novosti / Sergey Pivovarov
Rossiya Tojikistonga chegaralarini mustahkamlashi uchun umumiy qiymati 9 mln dollarlik radiolokatsion stansiyalar va boshqa harbiy texnikani bepul taqdim qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
“Tojikistonga Rossiyaning harbiy maqsaddagi mahsulotlarini beg‘araz yordam ko‘rsatish doirasida yetkazish davom etmoqda. Yetkazib berilgan 9 mln dollarlik mulk havo obektlarini topish va kuzatish uchun mo‘ljallangan radiolokatsion stansiyalar hamda Tojikiston havoga qarshi mudofaa majmualari uchun boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, harbiy texnika Tojikiston milliy qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturini bajarish doirasida yetkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:28
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026