Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zkimyosanoat» boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berdi
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida aytilgan.
Xususan, Dmitriy Gennadevich Pak boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Akobir Hakimovich To‘xtayev «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Yusufali Do‘sqorayevich Xoliyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 23 fevral kuni bu haqdagi qarorni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 fevral kuni Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlangandi.
Ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Abduhoshim Abdullayev pensiyaga chiqishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025