Odil Şukuroviç Temirov “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvining raisi etib tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Qayd etilişiça, uşbu lavozimda faoliyat yuritgan Abduhoşim Abdullayev pensiyaga çiqişi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi qarori bilan A.Abdullayev “Özkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.

O.Temirov esa şu kunga qadar “Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Odil Temirov 1977 yilda tuğilgan. Toşkent kimyo texnologiyalari institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Şörtangaz” gaz-sanoat boşqarmasi kondensatni barqarorlaştiriş sexi kuzatuvçiligidan boşlagan. Turli yillarda “Şörtan gaz kimyo majmuasi” korxonasi, “Özbekiston GTL” MÇJ qöşma korxonasida işlagan. 2015 yildan beri - “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisining çuqur qayta işlaş böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Ma'lumot uçun, “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati — Özbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlaştiruvçi yagona komil korporativ tizim. 

Jamiyat kimyo korxonalarining işlab çiqariş, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oşiradi, hamda şular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanişi uçun şaroit yaratadi. Uning tarkibiga 14 sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalaş institutlari kiradi.