Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shiqchi Shakira Ispaniya sudi oldida javob beradi
Qo‘shiqchi Shakira 12 iyunda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi bo‘yicha Ispaniya sudi oldida ayblanuvchi sifatida javob beradi.
Espluges-de-Lobregat shahri sudi (Kataloniya) prokuraturaning qo‘shiqchining soliq to‘lamasligi bo‘yicha 6 ta holat (daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i) bo‘yicha arzini ko‘rib chiqishga qabul qilgan.
Gap 14,5 mln yevro haqida bormoqda. Prokuratura fikricha, qo‘shiqchi daromadini Kayman orollari, Virgin orollari, Panama va boshqa ofshor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yashirgan.
Shakira 2010 yildan buyon ispaniyalik futbolchi Jyerar Pike bilan uchrashadi. Juftlik o‘z aloqalari haqida 2011 yilda rasman e'lon qilgan, biroq qo‘shiqchi Ispaniya soliq idoralari hisobiga 2015 yilda turgan. Shu tariqa, soliqchilar qo‘shiqchi 4 yil davomida Ispaniyada soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan deb hisoblashmoqda, vaholanki qo‘shiqchi shu vaqtning ko‘p qismi davomida Ispaniyada yashagan.
Shakira advokatining ta'kidlashicha, qo‘shiqchi 2015 yilgacha Ispaniyada yashamagan, shu sababli u Ispaniya oldidagi barcha soliq majburiyatlarini bajargan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026